Deputatning uyidan 57 mln dollar, 27 kg oltin va oltin ichki kiyim topildi

Deputatning uyidan 57 mln dollar, 27 kg oltin va oltin ichki kiyim topildi
  • 40
  • 30.06.2026 17:42:00
  • 1 мин оқу

Iroqda korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli reydlar davomida deputat Hind al-Abbasi uyidan 57 million dollar naqd pul, 27 kilogramm sof oltin hamda oltindan yasalgan ichki kiyim topilgani iddao qilindi.


Xabarlarga ko‘ra, Bog‘dod va boshqa hududlarda o‘tkazilgan reydlar davomida korrupsiya va davlat mablag‘larini talon-toroj qilishda gumon qilingan 47 kishi, jumladan deputatlar va yuqori lavozimli amaldorlar qo‘lga olingan.
Biroq Iroq rasmiylari Hind al-Abbasi uyida o‘tkazilgan tintuv va u yerdan topilgani aytilayotgan boyliklar yuzasidan hozircha rasmiy tasdiq bermagan.
Ayni paytda tergov davom etmoqda. Rasmiylar musodara qilingan pul va qimmatbaho buyumlarning kelib chiqishini o‘rganayotganini, korrupsiyaga qarshi amaliyotlar esa davom ettirilishini ma’lum qilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News