
- 0
- 27.06.2026 17:41:00
- 1 мин оқу
Buxoro viloyatida IELTS imtihonidan 8 ball olganini yaqinlari bilan nishonlagan 15 yoshli qiz tadbirdan so‘ng idish-tovoq yuvayotgan paytda elektr toki urishi oqibatida vafot etdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qiz elektr uzatgichga tegib ketgan. Hodisa yuzasidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, elektr uzatgich hamda havo sovutish uskunasi ekspertizaga olingan.
Hozirda holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.