
- 0
- 22.04.2026 17:59:00
- 1 daq o'qish
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaning bolalar onkologiyasi sohasidagi faoliyatini yuqori baholadi.
U Toshkentdagi Respublika bolalar onkologiyasi markaziga tashrifi chog‘ida “Zamin” fondi ishini alohida ta’kidlab, aynan ushbu tashabbuslar orqali tibbiy xizmatlar yaxshilangani va “Mehrli maktab” gospital maktablari yo‘lga qo‘yilganini qayd etdi.
Qayd etilishicha, bu loyiha bolalarga nafaqat zamonaviy davolanish, balki uzluksiz ta’lim va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash imkonini ham bermoqda.