O‘zbekistonda nikoh va tug‘ilishlar soni kamaymoqda

O‘zbekistonda nikoh va tug‘ilishlar soni kamaymoqda
  • 0
  • 22.10.2026 12:26:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda nikohlar soni oxirgi 4 yil ichida keskin qisqardi. 2026-yilning yanvar–iyun oylarida mamlakatda 92,3 mingta nikoh rasmiylashtirilgan. Hisobotga ko‘ra, 2021-yilda 305,2 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 296,7 mingtani, 2023-yilda 283,8 mingtani tashkil qilgan. 2024-yilda nikohlar soni 271,8 mingtagacha, 2025-yilda esa 267,1 mingtagacha kamaygan.

Mustaqillik yillarida eng ko‘p nikoh 2018-yilda kuzatilib, jami 311,4 mingta nikoh rasmiylashtirilgan. Eng past ko‘rsatkichlar esa 1995–2000-yillarga to‘g‘ri kelib, bu davrda yiliga taxminan 168–171 mingta nikoh qayd etilgan.

Bundan tashqari, nikohlar soni bilan bir qatorda, tug‘ilishlar ko‘rsatkichi ham pasaymoqda. 2025-yilda O‘zbekistonda 879,6 mingta tug‘ilish qayd etilgan. Bu 2024-yilga nisbatan 46,8 mingta yoki qariyb 5 foizga kam. 2026-yilning yanvar–mart oylarida esa respublikada 191,1 ming nafar chaqaloq tug‘ilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News