
- 1
- 08.05.2026 11:19:00
- 1 daq o'qish
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xorijiy davlatlar vakillariga 9-may kuni Moskvada boʻlmaslikni tavsiya qilib, Telegram kanalida murojaat qoldirdi.
Zelenskiy Rossiyaning “oʻt ochishni toʻxtatish” taklifiga ishonchsizlik bildirdi va 6-maydan eʼlon qilingan “sukunat rejimi” Rossiya tomonidan buzilganini taʼkidladi. U, shuningdek, Rossiya 9-may paradini oʻtkazib, keyin harbiy harakatlarni davom ettirayotganini tanqid qildi va xorijiy davlatlarni Moskvaga bormaslikka chaqirdi.
Rossiya esa 8–9-may kunlari bir tomonlama sulh eʼlon qilganini va parad vaqtida ehtimoliy hujumlar boʻlsa javob qaytarishini bildirgan. Xavfsizlik choralarini kuchaytirish doirasida Moskvada qoʻshimcha havo mudofaa tizimlari oʻrnatilgan.