
- 2
- 26.03.2026 17:23:00
- 1 daq o'qish
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida o‘zini ayol sifatida tanishtirib, erkaklardan pul talab qilgan yigitlar qo‘lga olindi.
18, 19, 20 va 21 yoshli besh nafar yigit Telegram orqali erkaklarni aldab, uchrashuv bahonasida xonadonga chaqirgan. U yerda ular jabrlanuvchiga tahdid qilib, kaltaklab, sharmandali video tarqatish bilan qo‘rqitib, 10 million so‘m talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilar jabrlanuvchidan 5 million so‘m olayotgan paytda ushlandi. Guruh tashkilotchisi muqaddam besoqolbozlik moddasi bo‘yicha sudlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.