
- 0
- 04.05.2026 10:10:00
- 1 daq o'qish
2-may kuni Toshkent metrosining “G‘afur G‘ulom” bekatida yo‘lovchi ehtiyotsizlik oqibatida poyezd yo‘liga tushib ketdi. Hodisa soat 21:35 atrofida poyezd bekatga kirib kelayotgan paytda sodir bo‘lgan. Mashinist vaziyatni payqab, poyezdni zudlik bilan to‘xtatgan va zarur xavfsizlik choralarini ko‘rgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol jiddiy jarohat olmagan. U voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar tomonidan ko‘rik uchun olib ketilgan.
“Toshkent metropoliteni” yo‘lovchilardan bekatlarda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘radi.