
- 0
- 25.07.2026 15:18:00
- 1 daq o'qish
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida kelin qaynotasining jinsiy a’zosini kesib tashladi. Ayolning aytishicha, qaynotasi eri uyda bo‘lmagan paytlarda ikki yil davomida uni muntazam zo‘rlab kelgan.
Ma’lum qilinishicha, ayol avval ham qo‘shnilarga bir necha bor murojaat qilgan, biroq hech kim bunga e’tibor bermagan. Shundan so‘ng u qaynotasiga hujum qilgan.
Erkakning qichqiriqlarini eshitgan qo‘shnilar voqea joyiga kelib, politsiyani chaqirgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda.