AQSHda shifokorlar xatosi sabab sog‘lom organidan ayrilgan ayolga 17 mln dollar kompensatsiya to’landi

AQSHda shifokorlar xatosi sabab sog‘lom organidan ayrilgan ayolga 17 mln dollar kompensatsiya to’landi
  • 0
  • 30.07.2026 12:44:00
  • 1 daq o'qish

AQSHning Meyn shtatida shifokorlar xatosi sabab sog‘lom qovug‘i olib tashlangan ayol sudda 17 million dollar yutdi. Qayd etilishicha, 2023-yilda 43 yoshli ayol chap tuxumdonidagi xavfsiz o‘simtani olib tashlash uchun operatsiyaga kirgan. Biroq, jarroh o‘simta o‘rniga uning butun sog‘lom qovug‘ini kesib tashlagan. Shifokorning xatosi ayol kuchli og‘riq va siydik chiqara olmaslik shikoyati bilan shifoxonaga qaytganidan keyingina aniqlangan. Keyinchalik, unga ichak to‘qimalaridan yangi qovuq yasab berilgan. Shunga qaramay, ayol hozirgacha har kuni kateter qo‘llashga va muntazam shifokor nazoratida bo‘lishga majbur.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News