
- 1
- 18.09.2026 11:51:00
- 1 daq o'qish
Namanganda 37 yoshli ayol erini yollanma qotil orqali o‘ldirtirmoqchi bo‘lgan. Unga bu ishda 34 yoshli jazmani yordam bergan. Holat joriy yil mart oyida sodir bo‘lgan.
Sudda ayol erini aslida o‘ldirmoqchi bo‘lmaganini, faqat qo‘rqitmoqchi bo‘lganini aytgan. Biroq sud uni va jazmanini aybdor deb topib, har biriga 8,5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.