
- 0
- 29.07.2026 19:00:00
- 1 daq o'qish
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH senatori Lindsi Grem bilan vidolashuv marosimida uchrashdi.
Bu ikki yetakchining 2023-yil 7-oktabrdan buyon ilk ommaviy yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ldi. Suhbat davomida ular samimiy muloqot qilib, uchrashuv yakunida qo‘l berib ko‘rishdi.
So‘nggi yillarda Kiyev va Tel-Aviv o‘rtasidagi munosabatlar murakkab bo‘lib kelmoqda. Ukraina 2023-yil 7-oktabr voqealaridan so‘ng Isroilni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, Isroil Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi masalasida ehtiyotkor pozitsiyani saqlab kelmoqda.
Mazkur uchrashuv Eron atrofidagi keskinlik kuchaygan bir paytda bo‘lib o‘tgani sababli xalqaro hamjamiyat e’tiborini tortdi. Hozircha tomonlar xavfsizlik yoki mudofaa sohasidagi ehtimoliy hamkorlik yuzasidan rasmiy bayonot bermagan.