
- 1
- 18.06.2026 11:01:00
- 1 daq o'qish
AQSH prezidenti Donald Tramp va Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon urushni to‘xtatish va munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Hujjat 14 banddan iborat bo‘lib, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
🔹 harbiy harakatlarni to‘xtatish va mojarolarni tugatish
🔹 bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik
🔹 60 kun ichida yakuniy kelishuvga erishish
🔹 Eronga nisbatan ayrim cheklovlarni yumshatish
🔹 Hormuz bo‘g‘ozi orqali erkin yuk tashishni ta’minlash
🔹 Eronda tiklanish va iqtisodiy rivojlanish uchun 300 milliard dollarlik dastur
🔹 bosqichma-bosqich sanksiyalarni bekor qilish
🔹 Eronning yadro quroliga ega bo‘lmasligi bo‘yicha majburiyat
Kelishuvga ko‘ra, AQSH Eron bilan muzokaralarni davom ettiradi va yakuniy tinchlik bitimi ustida ishlaydi.