O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi

O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi
  • 0
  • 24.06.2026 10:19:00
  • 1 daq o'qish

Prezidentning 23-iyun kuni imzolagan farmoniga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan boshlab pensiyalar va ayrim ijtimoiy to‘lovlar 7 foizga oshiriladi. Shundan so‘ng yoshga doir eng kam pensiya 983 ming so‘m, nogironlik pensiyasi esa 1 million 83 ming so‘mni tashkil etadi. Pensiyani hisoblash bazaviy miqdori 504 ming so‘m etib belgilanadi. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga to‘lanadigan bolalar nafaqalari ham oshirilib, 3 yoshgacha bola uchun 386 ming so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bola uchun 295 ming so‘m beriladi. Ikkinchi farzand uchun qo‘shimcha 177 ming so‘m, uchinchi va undan keyingi farzandlar uchun esa 118 ming so‘m to‘lanadi. Moddiy yordam miqdori 450 ming so‘m etib belgilangan.

2026-yil 1-sentabrdan esa budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi. Shu sanadan boshlab eng kam ish haqi 1 million 360 ming so‘m, bazaviy hisoblash miqdori esa 440 ming so‘m etib belgilanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News