
- 0
- 24.03.2026 10:14:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston fuqarolari AQSHda qishloq xo‘jaligi sohasidagi mavsumiy ishlarga jalb qilinadi. Bu bo‘yicha Migratsiya agentligi va USA Farm Labor tashkiloti o‘rtasida kelishuv imzolandi.
Ma’lum qilinishicha, ishlar H-2A dasturi doirasida tashkil etiladi. Ishlash muddati 9–10 oy bo‘lib, o‘rtacha oylik 3500 dollarni tashkil etadi. Ishchilar ish beruvchi hisobidan turar joy bilan ta’minlanadi.
Nomzodlarni tanlashda malakali mutaxassislarga ustuvorlik beriladi. Tomonlar yaqin vaqt ichida hamkorlikni amaliy bosqichga o‘tkazishga kelishib olgan.