O‘zbekistonda giyohvandlik savdosiga qarshi jazo choralari kuchaytirildi

O‘zbekistonda giyohvandlik savdosiga qarshi jazo choralari kuchaytirildi
  • 5
  • 15.06.2026 11:43:00
  • 1 daq o'qish

Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan yangi qonunni imzoladi. Hujjatda narkotik moddalarni tarqatishning zamonaviy usullariga qarshi qat’iy choralar ko‘rish, ushbu turdagi jinoyatlar uchun jazolarni og‘irlashtirish hamda voyaga yetmaganlarni himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Ta’kidlanishicha, giyohvandlik moddalari inson salomatligi, oilalar va bolalar kelajagiga jiddiy xavf tug‘diradi hamda mamlakat genofondiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev ushbu masalani shaxsan nazoratiga olganini bildirib, jamiyatning barcha qatlamlarini bu tahdidga qarshi birgalikda kurashishga chaqirdi. Jumladan, mazkur jarayonda ota-onalar, maktab, mahalla va atrofdagi voqealarga befarq bo‘lmagan har bir fuqaroning o‘rni muhim hisoblanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News