2026-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 180 milliard dollardan oshadi

2026-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 180 milliard dollardan oshadi
  • 3
  • 17.06.2026 10:44:00
  • 1 daq o'qish

Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Prezident ishtirokida beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisi boshlandi. Shavkat Mirziyoyev forumda dunyoning 100 mamlakatidan qariyb 4 ming nafar xorijiy mehmon qatnashayotganini ta’kidladi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonga 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilingan bo‘lib, uning 123 milliard dollari oxirgi besh yil hissasiga to‘g‘ri keladi.

Prezidentning qayd etishicha, 2026-yilda mamlakat iqtisodiyoti hajmi 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Shuningdek, Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish ishlari boshlangan bo‘lib, uning ishtirokchilari uchun 50 yilgacha amal qiladigan keng soliq imtiyozlari joriy etiladi. Forumda investorlar huquqlarini himoya qilish, xalqaro huquqiy kafolatlarni kuchaytirish va O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News