O‘zbekiston oltin eksportini 15,5 foizga qisqartirdi

O‘zbekiston oltin eksportini 15,5 foizga qisqartirdi
  • 2
  • 02.07.2026 16:56:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston 2026-yilning yanvar–may oylarida oltin eksportini keskin qisqartirdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida qimmatbaho metall eksporti 1,5 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,3 baravar kamaygan. May oyida esa, mamlakat oltin eksportini umuman amalga oshirmagan. Bu holat jahon bozorida oltin narxlarining pasayishi fonida kuzatilgan. Natijada, yil boshidan buyon O‘zbekistonning umumiy eksport hajmi 12,6 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,5 foizga qisqargan.

Ma’lumot uchun, Navoiy kon-metallurgiya kombinati joriy yilning birinchi choragida 737 ming troya unsiyasi oltin ishlab chiqargan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2,19 foiz kam bo‘lsa-da, ishlab chiqarilgan mahsulotlar qiymati 58,3 foizga o‘sib, 44 trillion so‘mdan oshgan. May oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 70,5 milliard dollarni tashkil etdi. Markaziy bank omborlaridagi oltinning qiymati biroz kamaygan bo‘lsa-da, uning jismoniy hajmi 423 tonnagacha oshgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News