O‘zbekiston ortiqcha vazn bo‘yicha MDHda birinchi o‘rinda

O‘zbekiston ortiqcha vazn bo‘yicha MDHda birinchi o‘rinda
  • 1
  • 10.08.2026 18:56:00
  • 1 daq o'qish

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Our World in Data ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda katta yoshli aholining qariyb 64 foizi ortiqcha vaznga ega. Bu ko‘rsatkich MDH davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Dunyoda esa kattalarning o‘rtacha 43–45 foizi ortiqcha vaznga ega. Eng yuqori ko‘rsatkich Tongaga tegishli bo‘lib, u yerda katta yoshli aholining taxminan 91 foizi ortiqcha vaznga ega. Eng past ko‘rsatkich esa Yaponiyada (24 foiz).

Mutaxassislar ortiqcha vaznning ko‘payishiga yuqori kaloriyali mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish, jismoniy faollikning kamayishi va kamharakat turmush tarzi sabab bo‘layotganini aytishmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News