
- 0
- 09.06.2026 11:30:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi AQSHda Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan metall detektorlar va xizmat itlari yordamida jiddiy tekshirildi. Videoda bu holatdan futbolchilar va murabbiylar shtabi ham ajablanganini ko‘rish mumkin.
Jarayon aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar buni yirik xalqaro musobaqalar oldidan qo‘llaniladigan odatiy xavfsizlik chorasi deb baholagan bo‘lsa, boshqalar tekshiruvlarning haddan tashqari qat’iy bo‘lganini ta’kidladi.
O‘zbekiston ushbu o‘rtoqlik uchrashuvida Niderlandiyaga mag‘lub bo‘ldi.