O‘zbekiston robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqada mutlaq chempion bo‘ldi

O‘zbekiston robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqada mutlaq chempion bo‘ldi
  • 2
  • 12.10.2026 10:57:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o‘tkazilgan FIRST Global Challenge 2026 xalqaro robototexnika musobaqasida uchta oltin medalni qo‘lga kiritib, mutlaq chempion bo‘ldi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi xabar berdi.
O‘zbekistonlik yoshlar musobaqadagi 16 ta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, 637 ochko to‘pladi va turnir rekordini yangiladi. Deyarli 200 davlat vakillari qatnashgan musobaqadagi g‘alaba o‘zbekistonlik yoshlarning muhandislik va robototexnika sohasidagi salohiyatini namoyon etdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News