
- 0
- 15.09.2026 14:29:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston va Janubiy Koreya muhim minerallarni qayta ishlash, transport va temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi.
Shavkat Mirziyoyev Seul shahridagi oʻziga ajratilgan qarorgohda Janubiy Koreya bosh vaziri Han Song Sukni qabul qildi. Uchrashuvda strategik sheriklikni savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, texnologiyalar va transport-logistika sohalarida yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Koreyaning ilg‘or texnologiyalari va O‘zbekistonning xomashyo bazasidan foydalanib, muhim minerallarni qayta ishlash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.
Shuningdek, raqamli iqtisodiyot, kiberxavfsizlik, savdo, moliya va investitsiya sohalaridagi sheriklik istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.