
- 2
- 08.09.2026 18:17:00
- 1 daq o'qish
Belgrad shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich o‘rtasidagi muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi.Uchrashuv doirasida tomonlar mehnat migratsiyasi, xalqaro avtomobil tashuvlari, hududlararo hamkorlik, qishloq va suv xo‘jaligi, bojxona, qayta tiklanuvchi energetika, farmatsevtika, turizm va madaniyat kabi yo‘nalishlarda qator kelishuvlarga erishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Serbiya erkin savdo to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun ishchi guruh tuzishga kelishib oldi. Temir yo‘l infratuzilmasi, “yashil” texnologiyalar, raqamlashtirish, elektron hukumat, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ham hamkorlikni rivojlantirish rejalashtirilgan.
Tomonlar kinematografiya sohasida qo‘shma filmlar ishlab chiqarish, 2026–2028-yillarda madaniy hamkorlikni rivojlantirish hamda O‘rta yo‘lakni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham hujjatlarni imzoladi. Bundan tashqari, Samarqand viloyati va Serbiyaning Voyevodina avtonom o‘lkasi o‘rtasida sheriklik munosabatlari o‘rnatish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.