
- 0
- 09.06.2026 17:51:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Gonkong Bosh savdo palatasi o‘rtasida (HKGCC) anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandumga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston — Gonkong Biznes kengashi tashkil etiladi. Mazkur kengash ikki tomon tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surishga xizmat qiladi.
Qayd etilishicha, hamkorlik bo‘yicha dastlabki muzokaralar joriy yilning mart oyida O‘zbekistonning Xitoydagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Farhod Arziyevning Gonkong Bosh savdo palatasiga tashrifi davomida boshlangan. Keyinchalik tomonlar o‘rtasida qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilgan.
Shuningdek, may oyida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasining Gonkongga tashrifi ham hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqqani qayd etildi. Tomonlar kelgusida biznes-forumlar, B2B uchrashuvlar, savdo missiyalari va tajriba almashish tadbirlarini tashkil etish orqali savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda.