
- 3
- 10.07.2026 18:29:00
- 1 daq o'qish
Joriy yilning 8–9-iyul kunlari Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Belarusda bo‘ldi. Uchrashuvlar yakunida ikki davlat o‘rtasida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi.
Rasmiy tashrif yakuni bo‘yicha muhim jihatlar:
– 2026-2030-yillarda savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;
– Belarusga Oʻzbekiston fuqarolarini vaqtinchalik ishlashga borishlari toʻgʻrisida bitim;
– 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan madaniyat sohasidagi hamkorlik dasturi;
– 2026-2027-yillarda oʻzaro sayyohlar oqimni koʻpaytirish va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish rejasi;
– Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Belarus strategik tadqiqotlar instituti oʻrtasida Oʻzbekiston – Belarus ekspertlar kengashini taʼsis etish toʻgʻrisida memorandum;
Muzokaralarda o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkazish, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, farmatsevtika, elektrotexnika, yengil sanoat va boshqa tarmoqlarda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.
Oʻzbekiston bundan oldin Gruziya bilan munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘targan edi.