
- 1
- 30.04.2026 11:21:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston va Afg‘oniston Mozori Sharif shahrida davlat-xususiy sheriklik asosida shifoxona qurishga kelishib oldi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vaziri Mavlaviy Nur Jalol, Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo hamda boshqa mas’ullar bilan uchrashuv o‘tkazgan. Unda Afg‘onistonda tibbiy infratuzilma yetishmasligi, ayniqsa saraton kasalliklari ortib borayotgani qayd etilib, O‘zbekistondan ko‘mak so‘ralgan.
Kelishuvga ko‘ra, loyiha Arman Group bilan hamkorlikda amalga oshiriladi: Afg‘oniston tomoni investitsiya kiritib, bino va uskunalarni ta’minlaydi, O‘zbekiston esa malakali shifokorlar bilan yordam beradi.
Shuningdek, afg‘onistonlik mutaxassislarni O‘zbekistonda o‘qitish, bemorlar uchun tibbiy vizani soddalashtirish va qo‘shma ishchi guruh tuzish masalalari ham kelishib olindi.