Rossiya bayrog‘ini tahqirlashda ayblanayotgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytariladi

Rossiya bayrog‘ini tahqirlashda ayblanayotgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytariladi
  • 0
  • 03.08.2026 17:29:00
  • 1 daq o'qish

Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida yashovchi o‘zbekistonlik ayol uy kirishiga Rossiya bayrog‘i va gerbi tasvirlangan gilamcha to‘shagani sabab tekshiruvga olingan.
Ayolning aytishicha, u gilamchani ko‘chadagi chiqindilar orasidan topib, yuvib-tozalagach uyiga olib kirgan. U bu holat qonun bo‘yicha javobgarlikka sabab bo‘lishini bilmaganini va hech qanday haqorat qilish niyati bo‘lmaganini bildirgan.
Migratsiya agentligi ma’lum qilishicha, voqea Rossiya tegishli idoralari bilan hamkorlikda o‘rganilib, Sevara Musayeva bilan aloqa o‘rnatilgan va unga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, Migratsiya jamg‘armasi hisobidan uning O‘zbekistonga qaytishi uchun aviachipta rasmiylashtirilgan. Ayolning 6-avgust kuni vatanga qaytishi rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News