
- 3
- 18.05.2026 17:26:00
- 1 daq o'qish
18-may kuni O‘zbekiston Milliy investisiya fondi aksiyalari London fond birjasiga muvaffaqiyatli joylashtirildi. Mutaxassislar bu jarayonni mamlakatning global moliyaviy tizimga integratsiyalashuvi yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholamoqda. UzNIF aksiyalariga talab joylashtirish hajmidan to‘rt baravar yuqori bo‘lib, investorlar arizalari hajmi qariyb 3 milliard dollarga yetdi.
Mazkur natija xalqaro investorlarning O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchi ortib borayotganini ko‘rsatdi. Ta’kidlanishicha, IPO mamlakatning investitsiyaviy imijini mustahkamlab, uning xalqaro moliyaviy bozordagi nufuzini oshiradi. Fond tarkibiga Uzbekistan Airways, Uztelecom, Uzbekgidroenergo va boshqa yirik davlat kompaniyalari aktivlari kiritilgan.
Qayd etilishicha, xalqaro bozorga chiqish ushbu korxonalar uchun yangi investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va global moliyaviy imkoniyatlarni jalb etishga xizmat qiladi. Shuningdek, davlat aktivlari xalqaro korporativ boshqaruv va shaffoflik standartlari asosida ishlay boshlaganini ham ko‘rsatadi.