O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri faoliyatini yana tiklandi

O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri faoliyatini yana tiklandi
  • 14
  • 06.06.2026 11:44:00
  • 1 daq o'qish

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurdi. Teatrda Vilgelm Gauf ertagi asosida sahnalashtirilgan “Xalifa Laylak” spektakli namoyish etildi.

Qayd etilishicha, qo‘g‘irchoq teatrida rekonstruksiyaning birinchi bosqichi yakunlangan. Qayta ta’mirlash jarayonida teatrning tarixiy qiyofasi va o‘ziga xos muhiti saqlab qolingan. Xususan, “Ertaklar shaharchasi”, zalning cho‘yan eshiklari, karnay chalayotgan sozandalar siymosi, noyob shisha plafonlar, peshtoq kompozitsiyalari hamda mozaikalar qayta tiklangan.

Saida Mirziyoyeva qo‘g‘irchoq teatri san’ati an’analarini asrab-avaylash muhimligini ta’kidlab, bu san’at turi bolalarga erkinlik, mas’uliyat, matonat va do‘stlik kabi qadriyatlarni yetkazishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilishini takidladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News