Tokioda o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qilganlikda gumonlanib hibsga olindi

Tokioda o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qilganlikda gumonlanib hibsga olindi
  • 8
  • 03.10.2026 16:08:00
  • 1 daq o'qish

Yaponiyaning Tokio shahrida 45 yoshli O‘zbekiston fuqarosi maktab o‘quvchisiga nisbatan nomaqbul harakat qilganlikda gumonlanib hibsga olindi.
Hodisa 5-iyul kuni Setagaya tumanida sodir bo‘lgan. Ovqat yetkazib beruvchi kuryer buyurtmani olib kelganida, eshikni ochgan 10 yoshli qizni quchoqlab, o‘pgani aytilmoqda. Hodisa vaqtida qiz uyda yolg‘iz bo‘lgan. U ota-onasi buyurtma qilgan ovqatni qabul qilish uchun eshikni ochgan va voqeadan so‘ng politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, gumondor aybini tan olgan. U qiz “o‘zining dididagi qiz bo‘lgani uchun o‘zini tiya olmaganini” aytgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News