AQSH vizasi uchun tezkor pullik suhbat xizmatini yo‘lga qo‘yadi

AQSH vizasi uchun tezkor pullik suhbat xizmatini yo‘lga qo‘yadi
  • 0
  • 10.06.2026 10:27:00
  • 1 daq o'qish

AQSH 2026-yil 1-iyuldan sayyohlik va biznes (B1/B2) vizalari uchun tezkor suhbat xizmatini yo‘lga qo‘yadi.
Yangi tartibga ko‘ra, arizachilar standart viza to‘lovidan tashqari 750 dollar qo‘shimcha to‘lab, 10 ish kuni ichida suhbatga yozilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mazkur pilot dastur 2026-yil 31-dekabrgacha amal qiladi va faqat ayrim elchixona hamda konsulliklarda joriy etiladi.
AQSH Davlat departamenti ushbu to‘lov viza berilishini kafolatlamasligini, faqat suhbat navbatini tezlashtirishini ta’kidladi. Yangi xizmat vizaga talab yuqori bo‘lgan mamlakatlardagi uzun navbatlarni qisqartirishga qaratilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News