
- 0
- 15.05.2026 14:38:00
- 1 daq o'qish
Shimoliy Amerika mezbonlik qiladigan 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi kerak bo‘lgan Eron terma jamoasiga AQSH vizasi berilmayapti. Bu haqda Eron futbol federatsiyasi rahbari Mehdi Toj ma’lum qildi.
Mehdi Toj yaqin kunlarda FIFA bilan muhim muzokaralar o‘tkazilishini bildirib, tashkilotdan aniq kafolatlar kutayotganini aytgan. Qayd etilishicha, futbolchilar viza olishda zarur bo‘ladigan biometrik jarayonlardan o‘tish uchun Turkiyaning Anqara shahriga borishi kerak edi. Ammo Eron tomoni qulaylik yaratish maqsadida ushbu jarayonni Antalyada tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oylar davomida mintaqadagi keskinliklar sabab ikki davlat o‘rtasidagi vaziyat yanada murakkablashgan. Shunga qaramay, Eron terma jamoasining JCH-2026da qatnashishi kutilmoqda. Turnir davomida jamoa “G” guruhidan joy olgan bo‘lib, Yangi Zelandiya, Belgiya va Misr jamoalariga qarshi maydonga tushadi.