
- 0
- 11.09.2026 17:42:00
- 1 daq o'qish
Navoiy kon-metallurgiya kombinati 10-sentyabr kuni “Qizilqum” kon boshqarmasiga qarashli “Pistali” transport sexida ikki ishchi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Ishchilar quvur tashuvchi avtomashina tirkamasida shinomontaj ishlarini bajarayotgan vaqtda baxtsiz hodisa yuz bergan. Oqibatda ikki nafar xodim vafot etgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Baxtsiz hodisaning sabablari ham o‘rganilmoqda.