
- 0
- 25.04.2026 18:02:00
- 1 daq o'qish
Turkiyaning Karliova tumaniga rahbar etib tayinlangan Orhan Avjı uzun va qalin mo‘ylovi bilan internetda mashhur bo‘lib ketdi.
Uning aytishicha, mo‘ylovini hech qanday g‘oya uchun emas, balki o‘ziga yarashgani uchun o‘stirgan. Bu orqali hatto Germaniya, Fransiya, Italiya va Xitoydan ham kuzatuvchilar paydo bo‘lganini bildirib, buni mamlakati uchun faxr deb atagan.
Shuningdek, u ijtimoiy tarmoqlarda ijobiy fikrlar bilan birga tanqidlar ham borligini, ammo bunga e’tibor bermasligini qo‘shimcha qilgan.