
- 0
- 02.06.2026 12:55:00
- 1 daq o'qish
Donald Tramp Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali suhbatda Livandagi harbiy amaliyotlar sabab keskin bahslashgani ma’lum bo‘ldi.
Axios ma’lumotiga ko‘ra, Tramp Netanyaxuning harakatlarini tanqid qilib, Bayrutga zarba berish rejalari Isroilning xalqaro maydondagi yakkalanishini kuchaytirishini aytgan.
Manbalarga ko‘ra, Tramp Livandagi tinch aholi orasidagi qurbonlar sonidan xavotir bildirgan va Netanyaxuni “aqldan ozgan” deb atagan. Shuningdek, u Isroil rahbarini xalqaro tanqidlar kuchayib borayotgani haqida ogohlantirgan.
Keyinchalik Donald Tramp Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, Bayrutga qo‘shimcha qo‘shin yuborish rejalari bekor qilingan va harbiy bo‘linmalar ortga qaytarilgan.