
- 0
- 22.04.2026 10:29:00
- 1 daq o'qish
AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini vaqtincha uzaytirganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bu qaror Pokiston iltimosiga ko‘ra va muzokaralar davom etishi uchun qabul qilingan.
Shu bilan birga, AQSH Eron portlariga nisbatan blokadani saqlab qoladi va harbiy kuchlar yuqori shaylikda qoladi.
Eron esa bu qarorni tan olmadi. Rasmiylar blokadani urush harakati deb baholab, bunga javob qaytarilishi mumkinligini bildirdi.
Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar hozircha yakunlanmagan va vaziyat keskinligicha qolmoqda.