Tramp Oyni AQSHga tegishli deb atadi

Tramp Oyni AQSHga tegishli deb atadi
  • 3
  • 07.09.2026 17:07:00
  • 1 daq o'qish

Donald Tramp Truth Social’dagi sahifasida Oy suratini “Oy bizniki” degan yozuv bilan e’lon qildi.
Biroq mutaxassislar bunday da’vo xalqaro huquqiy asosga ega emasligini ta’kidladi. Koinot haqidagi xalqaro shartnomaga ko‘ra, Oy va boshqa osmon jismlari hech bir davlatning mulki bo‘lishi mumkin emas. Britaniya Kolumbiyasi universiteti astronomiya bo‘yicha faxriy professori Jeymi Mettyusning aytishicha, AQSHning Oyga qo‘ngani ham mamlakatga Oyni o‘z hududi deb da’vo qilish huquqini bermaydi.


Avvalroq Tramp Oydagi biror obyektga o‘z nomini berish istagini bildirgan edi. Shuningdek, u Hormuz bo‘g‘ozini AQSH hududi deb e’lon qilib, uni “Tramp bo‘g‘ozi” deb atashni taklif qilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News