
- 0
- 14.05.2026 10:40:00
- 1 daq o'qish
AQSH prezidenti Donald Tramp 2017-yildan beri Xitoyga ilk rasmiy tashrifini amalga oshirib, Pekin shahriga yetib keldi.
Uni aeroportda Xitoy vitse-prezidenti Xan Chjen kutib oldi.
Tashrif davomida Trampga Oq uy rasmiylaridan tashqari, texnologiya sohasining yirik vakillari, jumladan Ilon Mask va Sem Altman kabi bir qator yirik kompaniyalar rahbarlari hamrohlik qilmoqda.
13–15 may kunlari bo‘lib o‘tadigan tashrif AQSh–Xitoy munosabatlari va texnologik hamkorlik nuqtayi nazaridan muhim tashriflardan biri sifatida baholanmoqda.