Qashqadaryoda yuk mashinasi tormozi ishlamay, 9 ta avtomobil bilan to‘qnashdi

Qashqadaryoda yuk mashinasi tormozi ishlamay, 9 ta avtomobil bilan to‘qnashdi
  • 0
  • 04.07.2026 15:12:00
  • 1 daq o'qish

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida HOWO rusumli yuk mashinasi tormoz tizimidagi nosozlik sabab bir yo‘nalishda harakatlanayotgan 9 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashdi. Viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining xabar berishicha, hodisa 3-iyul kuni tumandan o‘tuvchi 70V010 avtomobil yo‘lining 22-kilometrida yuz bergan. HOWO yuk mashinasi oldinda ketayotgan ikkita Lacetti, Tracker-2, Nexia-1, Nexia-3, Matiz, Damas va Spark avtomobillariga kelib urilgan. To‘qnashuv oqibatida Nexia-1 avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborgan. Jabrlangan piyodaga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda, mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News