Buxoroda YPX xodimi 17 yoshli qizni urib yubordi 

Buxoroda YPX xodimi 17 yoshli qizni urib yubordi 
  • 0
  • 07.05.2026 17:38:00
  • 1 daq o'qish

Holat 27-aprel kuni Vobkent tumanida sodir bo‘lgan. Viloyat YHXB xodimi o‘zining “Cobalt” avtomobilida piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 17 yoshli piyodani urib yuborgan.

Hodisa oqibatida piyoda yengil tan jarohatlari olgan. Xodim jabrlanuvchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida qizni shifoxonaga olib borgan.

Holat yuzasidan Vobkent tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News