Andijonda bog‘cha bolalari bilan to‘la Tracker avariyaga uchragani ma’lum bo‘ldi

Andijonda bog‘cha bolalari bilan to‘la Tracker avariyaga uchragani ma’lum bo‘ldi
  • 0
  • 01.08.2026 15:04:00
  • 1 daq o'qish

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida 21 nafar bolani xususiy bog‘chaga olib ketayotgan Tracker avtomobili YTHga uchradi.
Ma'lum bo‘lishicha, 21-fevral kuni 40 yoshli ayol boshqaruvidagi avtomobil yo‘l chetidagi beton ustunga borib urilgan. Ommaga oshkor qilinmagan ushbu YTHda 8 nafar bola turli darajada jarohat olgan va 6 yoshli qizaloq shifoxonada 4 kun o‘tib vafot etgan.
Haydovchi sudda bolalarni avtomobilning old, orqa o‘rindiqlari va hatto yukxona qismiga ham joylashtirganini tan olib, qilmishidan pushaymon ekanini bildirgan.
Sud ayolni aybdor deb topib, 2 yilga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qildi hamda 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

Manba: Kun.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News