Yana uch vazirlik xodimlari jazoni ijro etish koloniyasiga olib borildi

Yana uch vazirlik xodimlari jazoni ijro etish koloniyasiga olib borildi
  • 1
  • 01.07.2026 17:39:00
  • 1 daq o'qish

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va IIV hamkorligida Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklari rahbarlari va mas’ul xodimlari Olmaliqdagi 14-son jazoni ijro etish koloniyasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ularga muassasadagi sharoitlar tanishtirilib, mahkumlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Loyihadan ko‘zlangan maqsad davlat xizmatchilarida korrupsiyaning huquqiy va ijtimoiy oqibatlari haqida aniq tasavvur shakllantirish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirishdan iborat.

Avvalroq ushbu loyihaning ilk tashrifida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Kadastr agentligi rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirok etgandi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News