Gaz va elektrga oldindan to‘lov qilganlarga ikki oy eski narx amal qiladi

Gaz va elektrga oldindan to‘lov qilganlarga ikki oy eski narx amal qiladi
  • 0
  • 01.06.2026 18:03:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda 1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari oshiriladi. Biroq narxlar kuchga kirishidan oldin hisobiga yetarli mablag‘ kiritgan iste’molchilar ikki oygacha eski tarif bo‘yicha to‘lov qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar iste’mol oldindan to‘langan miqdordan oshib ketsa, ortiqcha qismi yangi tarif bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.

Yangi tariflarga muvofiq, aholi uchun elektr energiyasining 200 kVt/soatgacha bo‘lgan qismi 650 so‘m, 201–500 kVt/soat oralig‘i 900 so‘m, 501–1000 kVt/soat oralig‘i esa 1 100 so‘mdan hisoblanadi.

Tabiiy gaz uchun esa aholi oyiga isitish mavsumida 500 kub metrgacha, boshqa mavsumlarda 100 kub metrgacha bo‘lgan iste’mol uchun 1 kub metriga 1 100 so‘mdan to‘laydi. Bundan yuqori hajmlar uchun oshirilgan tariflar amal qiladi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News