
- 0
- 06.03.2026 08:36:00
- 1 daq o'qish
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakat hududiga Eronga tegishli ikki dron qulab tushgani yuzasidan bayonot berdi. U xalqni xotirjamlikka chaqirib, vaziyat davlat nazoratida ekanini va Ozarbayjonga qarshi qaratilgan har qanday tahdidga qat’iy javob qaytarilishini aytdi: “Bunday harakatlar ‘temir musht’ bilan qarshilanadi”, dedi Aliyev.
Shuningdek, u mamlakat Qurolli kuchlari, jumladan Mudofaa vazirligi va Davlat chegara xizmati bo‘linmalari birinchi darajali jangovar shaylik holatiga keltirilganini hamda har qanday operatsiyani o‘tkazishga tayyor turishi lozimligini aytdi.
5-mart kuni Eronga tegishli ikki dron Naxchivon avtonom respublikasi hududidagi aeroportga va maktab yaqiniga tushdi. Hodisa oqibatida ikki nafar tinch aholi jarohat olgan.