O‘zbekistonda shaxsiy avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdi

O‘zbekistonda shaxsiy avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdi
  • 5
  • 22.06.2026 16:15:00
  • 1 daq o'qish

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, joriy yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni 4 million 903,1 mingtani tashkil etgan. Ro‘yxatga olingan transport vositalarining asosiy qismi yengil avtomobillardan iborat bo‘lib, ularning ulushi 92,8 foizga teng. Mamlakat bo‘yicha jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni esa, 4 million 552,3 ming donaga yetgan.

Shuningdek, aholiga tegishli 330,3 mingta yuk avtomobili, 7,5 mingta mikroavtobus, 7,2 mingta maxsus transport vositasi hamda 5,8 mingta avtobus ro‘yxatga olingan. Mazkur raqamlar O‘zbekistondagi avtotransport vositalari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 344,6 mingtaga ko‘payganini ko‘rsatadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News