O‘zbekistonda qurilish sohasida shikoyatlar soni keskin oshdi

O‘zbekistonda qurilish sohasida shikoyatlar soni keskin oshdi
  • 0
  • 08.06.2026 13:32:00
  • 1 daq o'qish

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 2026-yilning dastlabki uch oyida qurilish sohasi bo‘yicha qariyb mingta murojaat kelib tushganini ma’lum qildi. Taqqoslash uchun, 2025-yil davomida jami 1706 ta shikoyat qayd etilgan.

Qayd etilishicha, fuqarolar asosan qurilish muddatlarining kechiktirilishi, sifatsiz ishlar, va’da qilingan sharoitlarning bajarilmasligi hamda amalda ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olinayotganidan norozilik bildirgan. Shuningdek, ayrim holatlarda zarur ruxsatnomalarsiz aholidan mablag‘ yig‘ilayotgani aniqlangan.

Qo‘mita uy-joy xarid qilayotgan fuqarolarga shartnomalarni diqqat bilan o‘rganish, ayniqsa, obyektni topshirish muddati va tomonlarning javobgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratishni tavsiya etdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News