Dunyodagi eng chiroyli so‘z

Dunyodagi eng chiroyli so‘z
  • 0
  • 23.07.2026 14:52:00
  • 1 daq o'qish

Xalqaro hakamlar hay’ati dunyodagi eng chiroyli so‘zni aniqladi. G‘olib deb Yangi Zelandiyaning tub aholisi — maorilar tilidagi “kaitiakitanga” so‘zi topildi.
Ushbu so‘z insonning tabiat oldidagi mas’uliyati, atrof-muhitni asrash va uni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish g‘oyasini anglatadi. Mutaxassislar g‘olibni tanlashda so‘zning ohangdorligi, ma’nosi, madaniy ahamiyati va bugungi dunyo uchun dolzarbligini inobatga olgan.

Tanlovda dunyoning 75 dan ortiq tilidan 223 ta so‘z ishtirok etdi. Finalga portugal tilidagi “saudade”, yapon tilidagi “ikigai”, uels tilidagi “hiraeth”, zulu tilidagi “ubuntu” va idish tilidagi “luftmensch” kabi mashhur so‘zlar ham kirdi.
Tanlov tashkilotchilarining ta’kidlashicha, loyiha turli tillardagi o‘ziga xos va boshqa tillarga to‘liq tarjima qilib bo‘lmaydigan so‘zlarning ma’nosi hamda madaniy qadriyatini namoyish etishga qaratilgan.

Sizningcha, o‘zbek tilidagi eng chiroyli so‘z qaysi?✍️
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News