
- 0
- 06.05.2026 10:33:00
- 1 daq o'qish
Prezident farmoni bilan Eldor Odilov O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. U bungacha Prezident administratsiyasida faoliyat yuritgan.
Avval SSVni boshqarib kelgan Asilbek Xudoyorov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi. U ushbu lavozimda 2024-yil yanvaridan buyon ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosarlari lavozimida ham o‘zgarishlar amalga oshirildi.