
- 3
- 21.05.2026 16:19:00
- 1 daq o'qish
Toshkentda 19–20-may kunlari Markaziy Osiyoning fintex, bank, raqamli iqtisodiyot, e-commerce, IT va telekommunikatsiya sohalaridagi eng yirik biznes tadbirlaridan biri — PLUS Forum Digital Uzbekistan 2026 forumi bo‘lib o‘tdi.
Bu yil forumda 38 davlatdan 2700 dan ortiq delegat, 130+ spiker va 100 dan ziyod kompaniya qatnashmoqda. Tadbirda HUMO, Uzum Bank, Alipay+, Mastercard, Wildberries, Halyk Bank, Wallet in Telegram kabi yirik kompaniyalar qatnashmoqda.
Forum doirasida:
• transchegaraviy to‘lovlar
• yagona QR-kod tizimi
• kripto bozorini tartibga solish
• sun’iy intellekt
• kiberxavfsizlik
• marketplace va GovTech rivoji
kabi dolzarb mavzular muhokama qilinadi.
Ushbu forum O‘zbekistonning mintaqadagi raqamli va fintex markazi sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlashga qaratilgan.