Angrenda dahshatli YTH: ikki kishi halok bo‘ldi

Angrenda dahshatli YTH: ikki kishi halok bo‘ldi
  • 0
  • 28.04.2026 11:22:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent viloyati Angren shahrida yuk mashinasi va yengil avtomobillar ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
26-aprel kuni A-373 avtomobil yo‘lining 93-kilometrida Howo yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘nalishda harakatlanayotgan 4 ta avtomobil bilan to‘qnashgan. Hodisa oqibatida Cobalt avtomobilidagi ikki fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan. Yana 4 kishi turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga olib borilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yuk mashinasi haydovchisi protsessual tartibda ushlangan. U jarohatlanmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News