
- 0
- 25.04.2026 18:00:00
- 1 daq o'qish
Joriy yilning 10-fevral kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev Germaniyaga davolanishga ketgan vaqtida Sadir Japarov tomonidan muddatidan oldin lavozimidan ozod etilgandi.
U prezident ruxsati bilan tibbiy ko‘rik uchun xorijga chiqqanini va lavozimidan ozod etish qarorini kutmaganini aytdi.
Keyinroq Bishkekda ikki do‘st birgalikda Hayit namozini o‘qigan bo‘lsa-da, aprel boshida ukasi Shoirbek Tashiyev “Qirg‘izneftgaz”dagi talon-toroj ishi bo‘yicha korrupsiyada gumon qilinib, ushlangandi.
Qirg‘iziston prezidenti “Japarov jamoasi” yoki “Tashiyev jamoasi” degan bo‘linish yo‘qligini ta’kidlab, “Davlatdagi barqarorlik men uchun hamma narsadan ustun”, degandi.